21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi ning Xorazm viloyati filialida bayramona tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida milliy an’analarimizga muvofiq sumalak sayli o‘tkazilib,

21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi ning Xorazm viloyati filialida bayramona tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida milliy an’analarimizga muvofiq sumalak sayli o‘tkazilib, jamoa a’zolari birgalikda Navro‘zning qadimiy urf-odatlarini davom ettirdilar. Sumalak tayyorlash jarayoni do‘stlik, hamjihatlik va yaxshi niyatlar ostida o‘tdi.
Bayramona muhitda xodimlar bir-birlarini Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklab, yangi yilning baraka, tinchlik va farovonlik olib kelishini tiladilar.
Bunday tadbirlar jamoa o‘rtasida birlikni mustahkamlab, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga xizmat qiladi.
🌸 Barchangizni Navro‘z bayrami bilan muborakbod etamiz!
14-03-2026, 17:23
Sahifaga qaytish