21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi ning Xorazm viloyati filialida bayramona tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida milliy an’analarimizga muvofiq sumalak sayli o‘tkazilib,
21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi ning Xorazm viloyati filialida bayramona tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida milliy an’analarimizga muvofiq sumalak sayli o‘tkazilib, jamoa a’zolari birgalikda Navro‘zning qadimiy urf-odatlarini davom ettirdilar. Sumalak tayyorlash jarayoni do‘stlik, hamjihatlik va yaxshi niyatlar ostida o‘tdi.
Bayramona muhitda xodimlar bir-birlarini Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklab, yangi yilning baraka, tinchlik va farovonlik olib kelishini tiladilar.
Bunday tadbirlar jamoa o‘rtasida birlikni mustahkamlab, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga xizmat qiladi.
🌸 Barchangizni Navro‘z bayrami bilan muborakbod etamiz!

