📢 XODIMLARGA YANGI NAMUNADAGI MAXSUS KIYIM-BOSHLAR TARQATILDI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ–3494-son hamda 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”

📢 XODIMLARGA YANGI NAMUNADAGI MAXSUS KIYIM-BOSHLAR TARQATILDI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ–3494-son hamda 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”

📢 XODIMLARGA YANGI NAMUNADAGI MAXSUS KIYIM-BOSHLAR TARQATILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ–3494-son hamda 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ–283-son qarorlari, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 24-martdagi 88-sonli va 2024-yil 4-sentyabrdagi 284-sonli buyruqlari talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filialining koʻchma tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga yangi namunadagi maxsus xizmat kiyim-boshlari tarqatildi.

Mazkur maxsus kiyim-boshlar ilgʻor xalqaro tajribalar, mamlakatimizning iqlim sharoiti hamda tez tibbiy yordam xizmati faoliyati xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Ular yuqori sifatli materiallardan tayyorlanib, qulaylik, xavfsizlik va sanitariya-gigiyena talablariga toʻliq javob beradi.

Maxsus kiyim-boshlar tasdiqlangan meʼyor va namunalar asosida xodimlarga topshirildi hamda ularni kiyish, saqlash va ulardan foydalanish tartiblari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur ishlar tez tibbiy yordam xodimlarining yagona korporativ qiyofasini shakllantirish, xizmat intizomini mustahkamlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda aholiga sifatli va tezkor tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
22-07-2026, 21:52
Sahifaga qaytish