Barcha yangiliklar RSS

O`zbekiston Respublikasi Qonunlari

📢 “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan


📢 “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 67-maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirish, tibbiyot muassasalari xodimlarini sport tadbirlariga keng jalb etish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish, sport infratuzilmasini yaxshilash hamda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu asosda, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining qo‘shma qaroriga muvofiq, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.

🏃‍♂️ 2026-yil 14-aprel kuni o‘tkazilgan 1-bosqich musobaqalarida RTTYOM Xorazm viloyati filiali xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sportga bo‘lgan qiziqishi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

💪 Sog‘lom va faol jamoa — sifatli tibbiyot xizmatining muhim 
15-04-2026, 23:05
Ko'rishlar: 22
Sahifani chop etish