

Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filiali rahbariyati hamda filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida yangi o‘quv yili oldidan ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktab papkalari sovg‘a qilindi.
Mazkur ezgu tashabbus orqali bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatilib, ularning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlariga hissa qo‘shildi.
Bunday xayrli ishlar mehr-oqibat, insonparvarlik va ijtimoiy hamjihatlikning yorqin namunasidir.