Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasiga ko'ra, hozirgi O'RVI mavsumida O'zbekiston hududida grippning H3N2 shtammi tarqalmoqda. "Hongkong grippi" deb ham ataladigan bu shtamm 1960-yillarda pandemiyaga sabab bo'lgan bo'lsa-da, hozir u oddiy, mavsumiy gripp hisoblanadi.
"Hongkong virusi qaytyapti, degan vahimani yasab olishimizga hech qanaqa asos yo'q", – dedi Nurmat Otabekov.