TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN FIDOYI XODIMLAR TAQDIRLANDI Bugun Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filialida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan sohada fidokorona mehnat …….

TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN FIDOYI XODIMLAR TAQDIRLANDI

Bugun Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filialida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan sohada fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbir davomida tibbiyot xodimlarining inson salomatligini asrash, aholiga o‘z vaqtida sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish borasidagi mas’uliyatli va sharafli mehnati alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, xodimlarga kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va oilaviy farovonlik tilandi.

Inson hayotini asrash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlariga chuqur minnatdorlik bildiramiz!

Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filiali
8-11-2026, 18:56
Ko'rishlar: 11
Sahifani chop etish