21-mart – Umumxalq Navro‘z bayrami munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filiali tomonidan saxovat tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan.............

21-mart – Umumxalq Navro‘z bayrami munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filiali tomonidan saxovat tadbiri tashkil etildi.Ushbu tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz onalarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, 13 nafar ehtiyojmand oilalarga birlamchi zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Mazkur xayriya tadbirining asosiy maqsadi Navro‘z bayrami arafasida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularga bayram kayfiyatini ulashish hamda mehr-oqibat va hamjihatlik an’analarini yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Tadbir davomida yordam olgan onalar tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik ular uchun katta dalda bo‘layotganini ta’kidlashdi.
Navro‘z bayrami – yangilanish, mehr-oqibat va saxovat ayyomi bo‘lib, bunday ezgu ishlar jamiyatda insonparvarlik va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

